Foto: O‘zA
Toshkentdagi muz saroyining qurilishi yakuniga yetay deb qoldi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Telegram kanalida berilgan suratlar bundan dalolat bermoqda, deb yozadi O‘zA.
«Tez orada muz ustida uchish mumkin bo‘ladi», — deyiladi suratlarga bildirilgan izohda.
Toshkent markazida, Beshyog‘och dahasi yaqinida Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyini qurish ishlari reja bo‘yicha 2018 yilning 31 dekabrigacha yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kerak edi.
Foto: O‘zA
Majmuada o‘lchamlari 60×30 metr bo‘lgan ikkita - asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat, balandligi esa 36 metrni tashkil etadi.
Foto: O‘zA
Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega va konsert zali sifatida o‘n ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi