08:08 / 09.01.2019
6 857

Nima uchun Markaziy Osiyo ayollari eng yaxshi turmush o‘rtoq bo‘la olishadi? (foto)

Nima uchun Markaziy Osiyo ayollari eng yaxshi turmush o‘rtoq bo‘la olishadi? (foto)
«Kaktakto» nashri Markaziy Osiyo ayollari dunyoda eng yaxshi turmush o‘rtoq ekanligini asoslab berdi deb yozadi Daryo.

Foto: Azamat Zhanisov
Vafodor
Markaziy Osiyo ayollari o‘z erlariga vafodor. Ular oilani asosiy qadriyat deb biladi va uning mustahkam hamda ahil bo‘lishiga qo‘ldan kelgancha harakat qiladi. Albatta barcha narsada bo‘lganidek, istisno holatlar ham bor.

Foto: ZTB.kz
Ajoyib uy bekasi
Erini ishdan kutib olish, unga mazali ovqat tayyorlab berish, uyni toza tutish – bularning hammasi Markaziy Osiyo ayollariga xos bo‘lgan fazilat. Albatta, bunda ham istisno holatlar bor. Agar biror bayram, ziyofat qilmoqchi bo‘lsangiz, bu borada Markaziy Osiyo ayollariga teng keladigani yo‘q. Bunday ayol bilan siz doim qorningiz to‘q, saramjon-sarishta bo‘lasiz.

Foto: TopTJ.com
«Egovlamaydi»
Markaziy Osiyo ayollari o‘zining kamtarligi bilan mashhur. Ular arzimas sabablar bilan erlariga xarxasha qilavermaydi. Albatta hamma narsada bo‘lganidek, bunda ham istisno holatlar mavjud, ayniqsa bu borada. Lekin sizning fikringizni hisobga oladigan, ortiqcha muammo tug‘dirmaydigan xotin uchrashi ehtimoli katta bo‘ladi.

Foto: Flickr
Mehribon ona
Agar siz ko‘p farzadli bo‘lishni xohlasangiz, Markaziy Osiyolik qizga uylaning. Sizning bolalaringiz doim mehribon ona qo‘lida bo‘ladi. Bolalar doim nazoratda bo‘ladi, lekin ularning shaxsiy hayotiga ham erkinlik beriladi. Biroq oilangizda haqiqiy yigit voyaga yetishini xohlasangiz, siz ham bola tarbiyasida bevosita ishtirok etishingiz shart.

Foto: Rasfokus
Go‘zal
Markaziy Osiyo ayollari chiroyli, latofatli va qaddi-qomati kelishgan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun Markaziy Osiyo ayollari eng yaxshi turmush o‘rtoq bo‘la olishadi? (foto)