O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekistonliklar 2018 yilda olgan o‘rtacha ish haqi miqdori ma’lum qilindi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi 1 822,2 ming so‘mni (jumladan, ish haqiga ustamalar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari va ishlanmagan vaqt uchun to‘lovlar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmalari jamg‘armalariga badallar) tashkil qilgan va 2017 yilga nisbatan 25 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
2018 yilda 2017 yilga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi eng ko‘p miqdorda axborot va aloqa sohasida (33,8 foiz), sanoatda (30,6 foiz), bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida (29,9 foiz) va qurilishda (29,2 foiz) oshgan.
O‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi hududlar kesimida ko‘riladigan bo‘lsa, eng yuqori daraja Toshkent shahrida - 2570,4 ming so‘m (respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichning 141,1 foizini tashkil qiladi), Navoiy viloyatida - 2371,0 ming so‘m (130,1 foiz) va Toshkent viloyatida - 2063,1 ming so‘m (113,2 foiz), eng past ko‘rsatkich Samarqand viloyatida – 1431,3 ming so‘m (78,5 foiz) va Namangan viloyatida - 1434,5 ming so‘m (78,7 foiz) kuzatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi