20:43 / 15.02.2019
4 633

Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumonlangan «Telia» rahbarlari aybsiz deb topildi

Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumonlangan «Telia» rahbarlari aybsiz deb topildi
Shvetsiya sudi bugun «Telia Company» telekommunikatsiya operatori sobiq rahbari Lars Nibergni kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishdagi korrupsiya ishiga aloqasi yo‘q deb topdi. Bu haqda «Reyter»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Niberg va «Telia»ning ikki sobiq top-menejerlariga nisbatan 2017 yilda ayblov e’lon e’lon qilingan edi. Ular 2007-2010 yillarda O‘zbekiston bozoriga kirish uchun ushbu mamlakatdagi hamkorlariga pora berishda gumonlanishgan edi. Niberg va boshqa gumondorlar ayblovni rad etishgandi.
Stokgolm sudi Gulnora Karimovaga qarashli «Takilant Ltd» shirkati hisobiga pul o‘tkazmalari tushgani o‘z isbotini topganini e’tirof qiladi. Ammo ayblovning qolgan qismlari, xususan, bu pul o‘tkazmalarining, o‘sha yillardagi shved qonunchiligi talab qilgan kabi, aynan vakolatli davlat amaldoriga to‘langani aniqlanmadi. «Shu sabab sud gumondorlardan barcha ayblarni olib tashlaydi», deyiladi sud xabarida.
«Telia» kompaniyasi oldinroq AQSh va Yevropada rasmiylarning e’tirozlari bilan bog‘liq ishni bartaraf etish uchun 966 million dollar to‘lashga rozilik bergandi.
Niberg va boshqa ayblanuvchilar 2013 yilda kompaniyani tark etishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumonlangan «Telia» rahbarlari aybsiz deb topildi