10:20 / 11.04.2019
4 000

Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz tarzda kaltaklab ketildi (foto, video)

Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz tarzda kaltaklab ketildi (foto, video)
UzNews.uz internet nashri Surxondaryoda bo‘layotgan "Baxshilar festivali"ga liboslar to‘qib bergan tadbirkor o‘nlab kishilar tomonidan dahshatli darajada jarohatlandi deb ma’lumot bergan.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan va kashta, milliy liboslar bezagini yaratish bilan shug‘ullanuvchi Anvar Rajabovning sexiga bir necha nafar noma’lum kishilar qo‘llarida bita, armatura va boshqa temir bo‘laklari bilan kelib toki ayanchli holga kelgunigacha kaltaklaganlar.

Tadbirkor yaqinlaridan birining "UzNews.uz" ga ma’lum qilishicha, bu xuddi "Aurum 898" tunggi klubida sportchi Jamshid Kenjayev kaltaklangani kabi holat ro‘y bergan, faqat bu holatda Anvar Rajabov tirik qolgan.
U shoshilinch tarzda Chilonzor tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. U og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz tarzda kaltaklab ketildi (foto, video)