Joriy yil 30 aprel kuni soat 18.00larda Samarqand tumani Juysoy mahallasida yashovchi A.Sh.ning uyida yollanib ishlayotgan, Samarqand shahar M.Odilov ko‘chasida yashovchi F.S. hovlidagi hojatxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida hojatxonadan o‘tgan gaz quvuridan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.S. va sherigi Urgut tumani Beshkapa qishlog‘ida yashovchi B.E. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar hamda shu mahallada yashovchi D.M. va Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi G‘.J.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar hovlingizdan gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi