Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlik lavozimlariga o‘ziga sodiq kadrlarni qo‘yishi orqali davlatning butun siyosiy faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishga uringan. Bu haqda «Xabar.uz»da 4 may kuni e’lon qilingan maqolada so‘z boradi.
«U ‘xizmat’ning avvalgi gegemonlik kayfiyatini qo‘msashda, huquqiy chegaradan chiqib, korrupsiya va poraxo‘rlik botqog‘iga botganlikda ayblanmoqda. Prezident bu holatda g‘alvirni baland ko‘tarishga majbur bo‘ldi va unga siyosiy ishonchsizlik bildirdi», — deyiladi Erkin Jarchi imzosi bilan e’lon qilingan materialda.
Qayd etilishicha, «sobiq general hurfikr saytlarni yopish, ijtimoiy tarmoqlarga cheklov qo‘yish, xorijdagi ayrim ta’sirli vatandoshlarni sun’iy ravishda muxolifatga aylantirish orqali Prezident olib borayotgan demokratik o‘zgarishlarni aholiga buzib ko‘rsatishga intilgan, bu orqali o‘zi uchun kelgusida yaxshi siyosiy platforma hozirlagan».
«Albatta, barcha noqonuniy ishlarga oxirgi nuqtani sud hokimiyati qo‘yadi. Uning ortida kimlar turgan, qanday maqsadlar yashirin, ishga kimlarni jalb qilgan, kimlar xayrixoh va ko‘makchi bo‘lgan... barchasiga oydinlik kiritilishi shubhasiz», — deyiladi maqolada. Va bu jarayonni muallif «Abdullayev ishi» deb ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Abdullayev 2019 yil 11 fevralida Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod qilingan edi. Prezident Administratsiyasi tomonidan berilgan izohga ko‘ra, Abdullayev «sog‘ligi yomonlashgani tufayli (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi