Ramazon hayiti arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ramazon hayiti arafasida Oliy sud raisining o‘rinbosari Yodgorov Oliy sud, qolaversa Toshkent shahri va viloyati sudlarida faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo o‘tayotgan muassasada bo‘lib, ochiq muloqot o‘tkazgan. So‘ngra jazo o‘tayotgan ayollarga badiiy kitoblar sovg‘a qilingan.
Jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi ham bo‘lib o‘tgan. Unda jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga – oilasi bag‘riga qaytarildi.
Bundan tashqari 20 nafar ayol yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasidan manzil-koloniyasiga o‘tkazilgan.
Sayyor suddan so‘ng Yodgorov jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumalarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglagan. 17 ta mahkumaning nazorat tartibidagi arizalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi