20:30 / 08.07.2019
4 647

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)
Foto: Sputnik
Toshkentning Laylito‘g‘on ko‘chasida bir vaqtning o‘zida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Ma’lum bo‘lishicha, banklardan biriga qarashli bo‘lgan Damas haydovchisi ro‘parasida qayrilmoqchi bo‘lgan Ravon Nexia’ni ko‘rgan va rulni keskin o‘ngga burgan. Oqibatda Damas Nexia’ning o‘ng qanoti va uning yonida to‘xtatib qo‘yilgan kulrang Spark’ga urilgan, so‘ng katta tezlikda ariqqa tushib ketgan. Bundan tashqari, Spark keskin zarbdan yaqinroqda turgan Nexia’ga borib urilgan.

Foto: Sputnik
Natijada 4 ta mashina baravar shikastlangan. Xabarda aytilishicha, hodisa sodir bo‘lishida aftidan, Damas aybdordek ko‘rinmoqda.

Foto: Sputnik
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobillarning barchasi yo‘l qoidasini buzgan. Damas harakatlanish tezligi va oraliq masofani saqlamagan. Ravon Nexia avariyaviy holatni yaratib, belgilanmagan joyda qayrilishga uringan. Spark va Nexia esa piyodalar yo‘lagida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lgan.

Foto: Sputnik
Voqea joyiga YPX xodimlari yetib kelgan bo‘lib, ular YTH aybdorini aniqlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)