14:41 / 23.07.2019
3 005

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi. U 2,5 yil ichida beshinchisi

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi. U 2,5 yil ichida beshinchisi
Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi.

«O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi Bahodir Eshmuratov ishdan olinib, uning o‘rniga 2016 yildan buyon «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Husanovich Sayidov tayinlandi.

Shuningdek, «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari v.v. b Bahriddin Tojiboyevich Mamadiyev ishdan olinib, uning o‘rniga turli yillarda «O‘zbekneftegaz»da turli lavozimlarda ishlagan Alisher Ismoiljonovich Mirzamahmudov tayinlangan.

Qayd etish kerakki, Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz»ning so‘nggi ikki yarim yildagi beshinchi rahbariga aylandi. 2016 yil dekabrida kompaniyaga bosh vazir o‘rinbosari Ergash Shoismatov (hozir u O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi) rahbar etib tayinlangan. 2017 yil avgustida esa uning o‘rnida Alisher Mustafoyev ish boshlagandi.

2018 yilning 5 iyunida Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» rahbari etib tayinlandi, biroq besh oylik faoliyatdan so‘ng, 23 noyabr kuni u ham lavozimni tark etib, dekabr oyidan Bahodir Eshmuratov «O‘ztransgaz»ga rahbarlik qila boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi. U 2,5 yil ichida beshinchisi