06:00 / 24.07.2019
2 748

Toshkentda patrul avtobusida fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganiga izoh berildi

Toshkentda patrul avtobusida fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganiga izoh berildi
Internet tarmog‘ida Uchtepa tumanida patrul avtobusida xodim va fuqaro ishtirokidagi holat aks etgan video tarqalmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar fuqaro jamoat tartibini buzganliklari va jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari uchun qo‘lga olingan.

Ulardan biri — ishsiz, muqaddam bir necha marta sudlangan namanganlik 49 yoshli Ulug‘bek M. mast holatda bo‘la turib, xodimni — avtobus haydovchisini haqorat qilgan, uning tanbehlariga agressiv munosabatda bo‘lgan, xodimga hujum qilib, uni urgan. Shundan so‘ng xodim unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.

Ulug‘bek M. Uchtepa tumani IIO FMBning 7-ichki ishlar bo‘limiga yetkazilib, u yerda unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Xodim tomonidan qo‘llanilgan jismoniy kuch yuzasidan prokuratura organlari tomonidan baho beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda patrul avtobusida fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganiga izoh berildi