17:40 / 29.07.2019
2 941

Yurtni obod qilayotganlar

Yurtni obod qilayotganlar
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni yechishga yaqindan ko‘maklashish maqsadida 4-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda 80 nafardan ortiq fuqarolarishtirok etib, 24 nafar fuqarolardan jami 31 ta muammoli masalalar bo‘yicha murojatlar tushdi, 3 nafar fuqaroning murjaatlari joyning o‘zida ijobiy xal etildi, 8 nafar fuqaroga asosli ravishda tushuntirish berildi va 20 ta muammolar tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Uchrashuv davomida soliq sohasidagi o‘zgarishlar ichimlik suvi, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri, yashab turgan joyiga egalik huquqini rasmiylashtirish kabi o‘nlab murojaatlarning har biri bilan manzilli shug‘ullanishi, aholining har bir masalasi va muammosi atroflicha o‘rganilishi tashkil etildi.

Aytish kerakki, 4-sektor rahbari va mutasaddilar fuqarolarining yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Chirchiq shahridagi 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar va muammosi mavjud xonadonlarga kirib, ularning murojjatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, Chirchiq shahar, Shimoliy kuchasi, 43- uyda yashovchi fuqaro Doniyor Mutalov tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun Savdo shaxobchasi qurilishida yordam so‘radi. Mazkur murojaat atroflicha o‘rganilib, hal qilish choralari ko‘rildi. Tinchlik MFY, 3-kichik nohiya, 45–uy, 11-xonadonda yashovchi Greda Saparovaning murojaati bo‘yicha xonadoniga borib o‘rganilganda, bitta xonadonda 2 ta oila yashab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi va ushbu fuqaroga uy-joy ajratish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, “Kamolot” MFYga qarashli 3-kichik nohiya, 64 – uy, 11-xonadonda yashovchi Svetlana Fedorovaning sog‘ligida muammosi borligi inobatga olinib, tibbiyot muassasasida davolanishi uchun yo‘llanma berildi.

Sayyor uchrashuv so‘ngida yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha mutassadi idoralar raxbarlariga topshiriqlar berilib, ko‘tarilgan muammo va murojaatlarini belgilangan tartibda hal etilishi bo‘yicha sektor rahbariga 10 kun muddat ichida hisobot berish vazifasi topshirildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurtni obod qilayotganlar