16:06 / 03.08.2019
2 496

Tadbirkorlarga huquqiy tushunchalar berildi

Tadbirkorlarga huquqiy tushunchalar berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha devonining Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari tashabbusi ostida viloyatda ulgurji savdo bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda davlat soliq inspeksiyalari vakillari, Markaziy bankning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari, hamda ulgurji savdo bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga berilgan soliq imtiyozlari, yengilliklari, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha devonining Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari tomonidan joriy yilning aprel oyigacha olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 4500 nafardan ortiq tadbirkorlarning faoliyatini qayta tiklashga erishildi.

- Tadbirkorlarning faoliyati bo‘yicha yuzaga kelayotgan kamchiliklar tahlil qilinganda, ularning aksariyatida banklardan kredit olish bilan bog‘liq muammolar boriligi aniqlandi,-deydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha devonining Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi yetakchi inspektori Alisher Xudoyqulov. Ayni paytda tashkilotimiz tomonidan 50 nafardan ortiq tadbirkorlarning bank bilan bog‘liq muammosi hal etib berildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot tomonidan olib borilayogan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun yangi imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratmoqda.Tadbirkorlardan kelgan arizalarning o‘z vaqtida qonun doirasida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, har bir holat bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilishi, xalq hayoti hamda tadbirkorlarning faoliyatini ancha yengillashtiradi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlarga huquqiy tushunchalar berildi