Bosh vazir o‘rinbosari hamda Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan G‘ulomjon Ibragimov «Birinchi Rezinotexnika Zavodi» MChJ direktori etib tayinlandi.
G‘ulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktyabrida paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olingan Shukrullo Boboyev o‘rnida ish boshlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.
Ibragimov 1958 yil Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. 1980 yilda Toshkent politexnika institutini, 2003 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.
Ancha yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010 yillarda «O‘zkimyosanoat» kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010 yildan O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Angrenda joylashgan shinalar ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Prezidentining 2014 yildagi tegishli qaroriga muvofiq, qurib, bitkazilgan. 2018 yil iyuldan boshlab, ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi