Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan taklif, masala va muammolarga imkon qadar tezkorlik bilan munosabat bildirish va hal etish uchun, shuningdek ularning davlat organlari bilan samarali muloqot o‘rnatish mexanizmini yaratish maqsadida maxsus «Jamoatchilik» onlayn-platformasi ishga tushirildi.
«Yuksalish» umummilliy harakati va «Taraqqiyot strategiyasi» markazining qo‘shma loyihasi asosida tashkil qilingin jamoatchilik.uz veb-sayti xizmatlaridan foydalanish barcha uchun ochiq va bepul. Bu yerga quyidagi xabar turlarini yuborish mumkin:
- qonunchilik, davlat va hududiy dasturlarni takomillashtirishga oid takliflar;
- dolzarb voqealar (hodisalar) yuzasidan tezkor xabarlar.
Taqdim etilgan takliflar saytda e’lon qilinadi, barcha jarayonlar keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Har bir taklif mas’ul shaxslar tomonidan o‘rganilib, ularning natijalari jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.
Bundan tashqari, platforma dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida tadqiqotlar va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi. Eng yaxshi taklif mualliflari va muhokamalarda faol ishtirok etganlarni rag‘batlantirish rejalashtirilgan.
Qayd etish kerak, sayt ishga tushganiga sanoqli kun bo‘lgan bo‘lsa-da, unga hozirgacha 179ta taklif va 14ta xabar kelib tushdi. Faol fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar turlicha. Misol uchun, ular orasida Toshkent propiskasini bekor qilish taklifi ham berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi