Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.
«Men 10 iyul kuni Moskva va Moskva oblastiga safarimiz tashkillashtirilgani, juda mazmunli dastur uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz axborot texnologiyalari, markirovkalash, soliq sohalarida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yetti oy ichida uning hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 15 foizga ko‘p. Yil oxiriga kelib u 6 milliard dollardan oshadi, deb umid qilamiz», - dedi Aripov.
Aripovning ta’kidlashicha, yaqinda Rossiya Federatsiyasi hukumati tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi uchun QQSning yangi ko‘rsatkichi qabul qilindi. Bosh vazir o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bundan foydalanishi hamda Rossiya bozoriga eng sifatli va foydali mahsulotlarni yetkazib berishiga umid bildirdi.
«Abdulla Nig‘matovich, sizni yana bir bor samimiy qutlayman. Bu yil biz siz bilan tez-tez uchrashyapmiz. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni barqaror rivojlantirish garovidir. Siz yaqinda Moskvada bo‘ldingiz. Bugungi tadbir nafaqat forumga tegishli mavzularni, balki ikki tomonlama hamkorlikni, prezidentlar va hukumatlar darajasida qabul qilingan bir qator qarorlarni amalga oshirishni muhokama etish imkoniyatini beradi», – dedi Medvedev.
Bundan oldin, Abdulla Aripov Turkmanistonga tashrif buyurgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi