16:53 / 16.08.2019
3 059

AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi

AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi
2019 yil 15 avgust kuni «O‘zRTXB» AJ birja savdolariga jami 720,0 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi. Jumladan, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ birja savdolariga 600,0 tonna, va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 120,0 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun qo‘yishdi. Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx, uning bir tonna uchun 6 216,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Kechagi kunda o‘tkazilgan birja savdolarining yakunlariga ko‘ra «O‘zRTXB» AJda 746,0 mln so‘mlik 120,0 tonna (savdoga qo‘yilgan hajmdan 16,7%) AI-91 rusumli benzin sotilgan. AI-91 rusumli benzinning 2019 yil 15 avgust uchun belgilangan birja kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxidan deyarli oshmadi va benzinning bir tonna uchun 6216,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolari davomida AI-91 rusumli avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan kelib tushdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab AI-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurslari uchun rasmiy birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni «O‘zRTXB» AJ saytida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi