18:43 / 24.08.2019
7 006

Toshkentdagi avtobusda noodatiy holat yuz berdi (video)

Toshkentdagi avtobusda noodatiy holat yuz berdi (video)
Joriy yilning 23 avgust tonggi soat 9 atrofida «7-avtobus saroyi» MChJ 2-yo‘nalish avtobusida noodatiy holat yuzaga keldi. Bu haqda «Toshshahartrans» axborot xizati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilardan biri o‘zining xushida bo‘lmay, qilingan murojaatlarga javob bermagan. Chiptachi uni uxlayapti degan gumon bilan uyg‘otishga harakat qilgan. Biroq yo‘lovchini uyg‘otish besamar ketgan.

Avtobus haydovchisi Sobit A. zudlik bilan yo‘nalish harakatini to‘xtatib, tezkor tarzda yo‘lovchini eng yaqin shifoxona, Kardiologiya markaziga yetkazgan. Shifokorlar tomonidan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, biroz vaqtdan so‘ng, u xushiga keltirilgan.

«Tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng yo‘lovchi bilan suhbat o‘tkazildi, ushbu yo‘lovchining ismi Anastasiya bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilayotganligini va o‘sha kuni dori vositalari qabul qilganligini bildirib o‘tdi. So‘ngra Anastasiyani «Oloy bozori» bekatiga yetkazib qo‘yildi», deyiladi «Toshshahartrans» xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi avtobusda noodatiy holat yuz berdi (video)