12:34 / 10.09.2019
5 882

Bir kilo terilgan paxta uchun qancha toʻlanishi maʼlum boʻldi

Bir kilo terilgan paxta uchun qancha toʻlanishi maʼlum boʻldi
2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga koʻra:
- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;
- qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;
- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.

Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir kilo terilgan paxta uchun qancha toʻlanishi maʼlum boʻldi