Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Xivadagi «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi «Toshhovli» saroyini ta’mirlash uchun 150 ming dollarlik AQSh davlat grantini yutdi, deb xabar berdi Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
Ushbu grant bo‘yicha ishlar muzey-qo‘riqxona xodimlari tomonidan yil boshidan boshlab qo‘yilgan edi. 12 sentyabr kuni ushbu hujjat Amerika Qo‘shma Shtatlari madaniy meros dasturi bo‘yicha menejeri, olim Laura Tedesko va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, madaniyat va dasturlar bo‘yicha attashe yordamchisi Muxlisa Rasulova tomonidan muzey-qo‘riqxona direktori Shonazar Matyakubovga topshirildi.
Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Kun davomida «Toshhovli» saroyining ta’mirga muhtoj joylari yana bir bor ko‘zdan kechirilib, qilingan ishlar sarhisob qilindi va doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.
Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
«Toshhovli» saroyi 1830-1838 yillarda Xiva xoni Olloqulixon tomonidan qurilgan. Saroy baland devor burjlari va darvozalari bilan qo‘rg‘onni eslatadi. Devorlari pishiq g‘ishtdan terilgani sababli «Toshhovli» deb atalgan.
Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati
Saroy uchta katta hovli - ko‘rinishxona, mehmonxona, haramdan hamda beshta kichik hovli va 163 xonadan iborat. Dastavval haram alohida qurilgan va to‘g‘ri to‘rt burchak hovli, 1-2 qavatli ayvon xonalardan iborat bo‘lgan, atrofi burjli qalin devor bilan o‘rab olingan. Eshik va ustunlar Xiva yog‘och o‘ymakorlik san’atining yuksak namunalaridan sanaladi. Marmar ustun toshlardagi, temir panjaralardagi o‘yma naqshlarda Xiva ustalarining eng mukammal san’ati o‘z ifodasini topgan. Ayni paytda «Toshhovli»da «Hunarmandchilik muzeyi» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Foto: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi