O‘zbekistonda 2018 yil holatiga ko‘ra aholi o‘rtasida umumiy to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3 foizni tashkil etadi. Bu taxminan 2 million kishi, degani. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasida ma’lumot berilgan.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan strategiya loyihasida ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar orasida to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushini 2021 yilga borib 5 foizgacha, 2025 yilda 3 foizgacha qisqartirish, 2030 yilga borib esa oziq-ovqat tanqisligiga uchragan insonlar ulushini batamom tugatish rejalashtirilgan.
Avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev aholi suvni arzon bo‘lgani uchun isrof qilayotganini ta’kidlagani, shuningdek, yaqin kelajakda hokimlardan fermerlarga yer berish huquqi olib qo‘yilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda