18:36 / 21.09.2019
2 999

Aliment undirish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor tadbir natijalari

Aliment undirish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor tadbir natijalari
Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan prokuratura, ichki ishlar, ma’muriy sud bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan ikki oydan ortiq muddatda aliment pullarini to‘lamay bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarni javobgarlikka tortish va ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash maqsadida joriy yilning 19 sentyabr kuni Buxoro shahar, M.Burhonov MFY binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Ushbu sayyor sudda 13 nafar huquqbuzarga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdorlar Q.Sharopov, Z.Ravshanov, A.Sayitov, R.Musliddinov, I.Nasriyev, E.Shodiyev hamda N.Axmedovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga yuqoridagi modda bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.

Qarzdorlar F.Abdullayevdan undiruvchi F.Shoxnazarova foydasiga 900 000 so‘m, S.Qurbonovdan undiruvchi R.Jo‘rayeva foydasiga 750 000 so‘m, R.Raxmatovdan undiruvchi D.Amrullayeva foydasiga 3 987 200 so‘m, Sh.Musayevdan undiruvchi Z.Jumayeva foydasiga 2 159 82 so‘m, X.Ishmuradovdan undiruvchi L.Ashurova foydasiga 7 284 793 so‘m va I.Achilovdan undiruvchi S.Sharipova foydasiga jami 5 221 155 so‘m aliment pullari sud jarayonida undirilib alimentdan bo‘lgan qarzlari bartaraf qilinganligi sababli ularga nisbatan MJtKning 21-moddasi talablariga muvofiq ogohlantirishlar berilib, ish yuritishlar tugatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment undirish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor tadbir natijalari