11:15 / 25.09.2019
3 214

Qarzni to‘lab qo‘yishni unutmang

Qarzni to‘lab qo‘yishni unutmang
“Savdogarbank” ATB Buxoro viloyat filiali va Jondor tumanidagi “Islom Jahongashta Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida tuzilgan avtokredit shartnomasiga asosan imtiyozli kredit ajratildi.

Qarz predmeti “Neksiya-3” avtomashinasi kredit garoviga olindi. Jamiyat tomonidan avtomashina sotib olingan va foydalanib kelingan bo‘lsada, bank mijozini ogohlantirishlarga qaramay mijoz kredit qarzdorligini belgilangan muddatda bartaraf etmasdan keldi.

Bank ma’muriyati tomonidan Romitan tumanlararo sudiga undiruvni garov mulki “Neksiya-3” avtomashinasiga qaratish haqida da’vo bilan murojaat qilinib, sudning 16.08.2019 yildagi qaroriga asosan undiruv garov mulkiga qaratildi.

Byuroning Jondor tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdor “Islom Jahongashta Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 38 000 000 so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzni to‘lab qo‘yishni unutmang