Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 23 sentyabr kuni AQShga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHIChK) a’zo davlatlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.
Majlis davomida ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, madaniy-gumanitar kooperatsiyaga doir keng ko‘lamli masalalarni, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyoda umumiy va ajralmas xavfsizlik makonini yaratish uchun OHIChK to‘laqonli xalqaro muloqot maydonchasiga aylanganini ta’kidladi.
Vazir, shuningdek, Tojikiston tomonini tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi va 2020 yilga mo‘ljallangan OHIChK tadbirlar rejasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu reja O‘zbekiston tashabbusi bilan yoshlarning radikallashishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiyalar o‘tkazishni nazarda tutadi.
Ta’kidlanganidek, qit’aning kelajagi, xavfsizligi, barqaror rivojlanishi va farovonligi yosh avlodning qanday tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Shu munosabat bilan Abdulaziz Komilov yoshlarning barkamol rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Nutq so‘ngida Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash kabi umumiy ezgu maqsadlarga erishish imkonini beruvchi ishonchni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli yechimlarni topish bo‘yicha sa’y-harakatlarni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda OHIChK kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi TIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»