Soliq idoralarining soliq to‘lovchining bankdagi hisobini «muzlatib qo‘yish» vakolati bekor qilinadi

  • 25 sentyabr 2019, 17:30
  • 569
  • Jamiyat
  • Soliq idoralarining soliq to‘lovchining bankdagi hisobini «muzlatib qo‘yish» vakolati bekor qilinadi
    Bugun, 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

    Hujjatga ko‘ra, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilinadi.

    Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda xorijning ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish vakolatini qayta ko‘rib chiqishi belgilangan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasi (Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari), 8-bandida soliq idoralari yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv o‘tkazilishini yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoki soliqqa tortish ob’ektini saqlab turish bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishini rad etsa, soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga taqdim etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish vakolatiga egaligi ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, 2020 yildan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Soliq idoralarining soliq to‘lovchining bankdagi hisobini «muzlatib qo‘yish» vakolati bekor qilinadi