13:25 / 12.10.2019
2 776

Senat ona suti bilan oziqlantirish haqidagi qonunni ma’qulladi

Senat ona suti bilan oziqlantirish haqidagi qonunni ma’qulladi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 23-yalpi majlisida «Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, avgust oyida senatorlar mazkur qonun loyihasini to‘ldirish kerakligi sababli ma’qullamagan edi. Qonunning yangi matnida va uning nomida avvalgi muhokamalarda ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar hisobga olingan.

Qonunning ma’qullangan loyihasida go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning oziq-ovqat mahsulotlari, ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, sun’iy oziqlantirish, shuningdek, qo‘shimcha ovqat mahsulotlari kabi tushunchalarga ta’rif berilgan.

Ustuvor yo‘nalishlar sifatida ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasidagi davlat nazorati belgilangan. Mazkur sohada Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat boshqaruvini amalga oshiradi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, qonun qabul qilinishi go‘daklarning oqilona ovqatlanishini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishga, faqat ko‘krak suti bilan oziqlantiriladigan bolalar sonini doimiy oshirib borishga, ularning sog‘lom o‘sishini ta’minlashga, go‘daklar va bolalar o‘rtasida kasalga chalinish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga ko‘maklashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat ona suti bilan oziqlantirish haqidagi qonunni ma’qulladi