Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan.
Toshkent teleminorasi 3ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob’ekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.
Toshkent teleminorasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibining bekor qilinishi natijasida mahalliy va xorijiy turistlar soni ortishi aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi