Tarkibida rangli metallar boʻlgan agregatlarni talon-toroj qilish bilan bogʻliq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketishga urinish holatlari uchrab turibdi.
Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.K. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina toʻxtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy ogʻirligi 1305 kilogramm boʻlgan mis, alyuminiy va magniy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son Qaroriga asosan jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda “Oʻzmetkombinat” va “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda