18:32 / 04.12.2019
3 428

Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan jinoyatchilar dorixonani oʻmardi

Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan jinoyatchilar dorixonani oʻmardi
2019 yil 21 noyabr kuni taxminan soat 01:10larda, 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. oʻzaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda, Chilonzor tumani 18-mavzedagi MCHJga qarashli dorixonaga kirgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, ular sotuvchi, 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16.500.000 soʻm va kassadagi 1.500.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan jinoyatchilar dorixonani oʻmardi