Eron AQSh tomonidan hujum qilingan 84 dengizchisini dafn etdi

Bugun Eron 84 dengizchisini dafn etmoqda, deb xabar berildi. 4 mart kuni Eronning “Dena” esminesi Hindistondan harbiy paraddan qaytayotgan vaqtda Shri Lanka oroli yaqinida AQSh suv osti kemasi tomonidan hujumga uchragan edi. Hujum natijasida 84 dengizchi halok bo‘lgan, 20 kishi bedarak yo‘qolgan edi.
Kecha Eronning bir necha shaharlarida dengizchilar so‘nggi manzilga kuzatildi. Marosimlarda oilalar va hamkasblar qurbonlarni xotirladi, ularning jasadlari hurmat bilan dafn qilindi.
Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon AQSh suv osti kemasi harbiy mojaro zonasidan minglab mil uzoqlikda, tinchlik missiyasini bajarib qaytib kelayotgan kemaga “qo‘rqoq va jirkanch hujum” uyushtirganini ta’kidladi.
Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va Xatam al-Anbiya Markaziy qo‘mondonligi “Dena” esminesi begunoh shahidlari qoni uchun halokatli va vayronkor zarbalar bilan qasos olishini e’lon qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!