Eron Saudiyadagi AQSH radarini dronlar bilan yo‘q qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Saudiya Arabistonidagi Al-Qaysum aeroporti yaqinidagi AN/FPS-117 radar tizimini hujumchi dronlar orqali yo‘q qilganini ma’lum qildi. Qiymati taxminan 20 million dollar bo‘lgan bu radar 460 kilometr masofadagi havo obyektlarini aniqlay olardi. Eronning bu harakati Yaqin Sharqdagi AQSH va uning ittifoqchilari xavfsizlik va kuzatuv imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28-fevraldan boshlab Eron kuchlari Qatardagi AN/FPS-132, Iordaniya va BAAdagi AN/TPY-2 radar tizimlarini ham yo‘q qilgan. Umumiy zarar hozirgacha 2,7 milliard dollarga baholanmoqda. Bu harakatlar AQSH va ittifoqchilari uchun osmonda nazoratni murakkashlashtirdi, xavo himoya tizimlarini chekladi va strategik rejalarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.
Radar tizimlari yo‘q qilinganidan so‘ng, AQSH Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni ta’minlash uchun E-3 Sentry (AWACS) samolyotlarini ko‘paytirdi. Bu maxsus havo razvedka va kuzatuv samolyotlari eng katta radarlar bilan jihozlangan bo‘lib, dron va raketa hujumlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, AQSH Janubiy Koreya va boshqa hududlardagi havo himoya tizimlarini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni boshladi.
Eronning bu strategik harakatlari mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. AQSH va uning ittifoqchilari Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni ta’minlash uchun tezkor choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi, bu esa hududdagi harbiy-siyosiy kelishmovchiliklar va zahiralar bo‘yicha yangi bosqichni ochdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!