Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda boshqarmaning tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, inspektorlar, shahar va tumanlar boʻlimlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbirda Bosh qomusimiz xalqimiz hayotida tub burilish yasagan, har birimizning hayotiy farovonligimiz va erkinligimiz kafolati ekanligi, ayniqsa, barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirish, yurtimizning bugungi yuksak taraqqiyotini taʼminlash, umummilliy hamda umuminsoniy gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan maqsadlarimizni roʻyobga chiqarishda dasturilamal boʻlayotgani alohida taʼkidlandi.
Shundan soʻng yigʻilganlarga Byuro direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutlugʻ 27 yilligi munosabati bilan yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
Tadbirda bayram munosabati bilan qonun ustuvorligi, sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash, energiya resurslari, suv va maishiy chiqindilar uchun qarzdorlini undirish va nazorat qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish, toʻlov intizomini mustahkamlashda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlarga boshqarma boshligʻining tashakkurnomasi eʼlon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi