UzAuto Motors tumanli ob-havoda avtomobil boshqarish bo‘yicha 5 maslahat berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda tabiatimizda tuman tushishi hodisasi tez-tez yuz bermoqda. Bu haydovchilar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ammo quyidagi oddiy tavsiyalarimizga amal qilsangiz muammoni osongina hal etishingiz mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.
Ular:
- yo‘lga chiqishdan avval chiroq moslamalarini tekshiring. Yoqib ko‘ring, tashqi tekshiruv o‘tkazing.
- yo‘lda tumanga qarshi faralarni albatta yoqib oling. Avtoulovdagi barcha yoritgichlarni ishga tushirish shart emas, sababi tuman barcha yorug‘likni o‘zingizga qaytarib, yo‘l hodisasi yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
- tumanli hududga kirishdan avval iqlim-nazorati: pech yoki konditsionerni yoqing. Ular kondensat yuzaga kelishining oldini oladi.
- zarur holatda tezkor qaror qabul qilish uchun masofani saqlang. Masofa kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq.
- yo‘lda shoshilmang. Yuqori tezlikda harakatlanganda yo‘lni ko‘rish imkoniyati past sharoitda tezkor chora qabul qilish murakkab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi