17:23 / 09.12.2019
2 962

Namanganda ayol 35 kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻldi

Namanganda ayol 35 kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻldi
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻldi. Bu haqda Postda.uz xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu maqsadda u tanishi, Uchqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruqxona boʻlimi mudirasi N.T. bilan jinoiy til biriktirdi. Natijada tugʻruqxona boʻlimi mudirasi “Qurama” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi uy bekasi M.M. hamda uning turmush oʻrtogʻiga M.T. farzandini 500 AQSH dollariga sotmoqchi ekanligini aytadi.

M.M. tuman tibbiyot birlashmasiga 5 500 000 soʻm pul olib kelib, N.T.ga 1 500 000 soʻm va chaqaloqning onasiga esa 2 200 000 soʻm pul hamda umumiy qiymati 500 000 soʻmlik kiyimlarni beradi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ayol 35 kunlik chaqalogʻini sotmoqchi boʻldi