18:20 / 12.12.2019
2 535

Javobsiz qolayotgan savol: Aviachiptalar narxi pasayadimi?

Javobsiz qolayotgan savol: Aviachiptalar narxi pasayadimi?
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi aviatashuvlar narxining pasayishiga olib kelishi kutilayotgan bir qator tuzatishlar ishlab chiqdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini taqdim etdi.

Spotʻning yozishicha, loyiha bilan aviatashuvlarda narxlarning pasayishiga olib kelishi kerak boʻlgan bir qator chora-tadbirlar taklif qilingan.

Xususan, aviatsiya yoqilgʻisi va yoqilgʻi-moylash materiallari, shuningdek, aviatsiya yoqilgʻisi va yoqilgʻi-moylash materiallarini tayyorlash uchun xomashyoni olib kirishda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bir necha yil davomida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishi rejalashtirilgan.

Chet el aviakompaniyalariga tranzit paytida koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi tufayli jarima solinmaydigan boʻladi.

Oʻzbekiston aviakompaniyasi quyidagilarni mamlakatga olib kirishda boj toʻlovlaridan ozod qilinadi:
- olib kirilgan vaqtida ishlab chiqarilgan muddati 10 yildan oshmagan samolyotlar (TIF TN kodi 8802, 8803 va 8805);
- faqat yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan jahon brendlarining xizmat koʻrsatish uskunalari va ichimliklari.

Havo kodeksiga qaytarib berilmaydigan va bagajsiz tariflardan foydalangan holda aviatashuvlar narxini optimallashtirish mexanizmlarini belgilovchi tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, agar farmon shu koʻrinishda qabul qilinsa, unda ikki oy ichida Transport vazirligi va Moliya vazirligi teng shartlar asosida mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni qayta koʻrib chiqishi kerak. Gap aviatsiya infratuzilmasidan foydalanish va qoʻshimcha toʻlovlar undirilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Javobsiz qolayotgan savol: Aviachiptalar narxi pasayadimi?