Shanxay Gran-prisida Antonelli birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Formula-1 2026 yilgi mavsumining ikkinchi bosqichi Xitoyning Shanxay xalqaro avtodromida o‘tkazildi va bu uchrashuv nafaqat tezlik, balki intriga va dramani ham o‘z ichiga oldi. “Mercedes”ning 19 yoshli italyanlik iste’dodli poygachisi Andrea Kimi Antonelli faoliyatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, bu uning karerasidagi eng yorqin lahzalardan biri bo‘ldi. Antonelli 56 aylanadan keyin marra birinchi bo‘lib yetib keldi va jamoasi uchun ham katta g‘alaba olib keldi.
Ikkinchi pog‘onada uning jamoadoshi Jorj Rassell bordi. Britaniyalik yulduz Lyuis Xemilton “Ferrari” safida uchinchi o‘rinni egalladi, bu uning ushbu jamoada ilk podium va ajoyib qaytishi sifatida tarixda qoldi. Oxirgi marta Xemilton 2024 yilda “Mercedes” bilan Las-Vegas Gran-prisida podiumga ko‘tarilgan edi.
Poygada 7 nafar poygachi turnirni tugata olmadi. Shu jumladan, Alek Albon, Oskar Piastri, Gabriel Bortoleto va amaldagi jahon chempioni Lando Norris bolidlardagi texnik muammolar tufayli poygada qatnashmadi. Shuningdek, Maks Verstappen, Fernando Alonso va Lens Stroll poyga davomida o‘z ishtiroklarini erta yakunlashga majbur bo‘ldi, bu esa tomoshabinlar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Yakuniy natijalar esa quyidagicha shakllandi:
Andrea Kimi Antonelli (“Mercedes”) – 56 aylana
Jorj Rassell (“Mercedes”)
Lyuis Xemilton (“Ferrari”)
Sharль Lekler (“Ferrari”)
Oliver Berman (“Xaas”)
Pyer Gasli (“Alpin”)
Liam Lo’son (“Reysing Bulls”)
Isak Hadjar (“Red Bull”)
Karlos Sayns (“Uilyams”)
Franko Kolapinto (“Alpin”)
Niko Hyulkenberg (“Audi”)
Arvid Lindblad (“Reysing Bulls”)
Valtteri Bottas (“Kadilak”)
Esteban Okon (“Xaas”)
Serxio Peres (“Kadilak”)
Davom etmagan poygachilar:
Maks Verstappen – DNF
Fernando Alonso – DNF
Lens Stroll – DNF
Oskar Piastri – DNS
Lando Norris – DNS
Gabriel Bortoleto – DNS
Alek Albon – DNS

Shanxaydagi bu Gran-prida nafaqat Antonellining ilk g‘alabasi, balki texnik muammolar va kutilmagan natijalar bilan ham esda qoladi. Formula-1 muxlislari uchun bu uchrashuv xayoliy tezlik, dramatizm va intriga bilan yodda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!