14:00 / 16.12.2019
2 609

Xorijdan kirib kelayotgan “nostandart” tarozilar to‘xtatib qolindi

Xorijdan kirib kelayotgan “nostandart” tarozilar to‘xtatib qolindi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijdan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda Qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, umumiy qiymati 560 million so‘mlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi hamda mazkur tovarlar “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijdan kirib kelayotgan “nostandart” tarozilar to‘xtatib qolindi