Hindistonda yoqilg‘i inqirozi: uzun navbatlar va janjalar boshlandi

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi ortidan eng katta zarbani qabul qilayotgan davlatlardan biri — Hindiston bo‘lmoqda. Mamlakatda yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkablashib bormoqda.
Xabarlarga ko‘ra, neft kompaniyalarining hisob-kitob tizimidagi o‘zgarishlar va Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat yoqilg‘i tanqisligini kuchaytirgan. Bu esa aholi orasida xavotirni oshirib, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Ayrim hududlarda navbatlar 500 metrdan ortib ketgani qayd etilmoqda. Avtomobil egalari yoqilg‘i zaxira qilishga shoshilmoqda, bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
Shuningdek, ba’zi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida odamlar o‘rtasida tortishuvlar va janjallar ham kuzatilgan. Mutaxassislar bunday holatlar davom etsa, ijtimoiy keskinlik yanada ortishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Hozircha rasmiylar vaziyatni barqarorlashtirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar aholi hayotiga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!