date

Yelena Zelenskaya Vashingtondagi sammitda "bahs markazi"ga tushdi...

Yelena Zelenskaya Vashingtondagi sammitda "bahs markazi"ga tushdi...

Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya Vashingtonda o‘tkazilgan xalqaro tadbirdan keyin jiddiy muhokamalar markaziga aylandi. O‘shanda, Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kuchmaning sobiq yordamchisi Oleg Soskin YouTube kanalida e’tiborli izoh berdi.

Soskin ta’kidlashicha, Zelenskaya AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp zalni tark etgandan so‘ng bo‘sh qolgan stulga murojaat qilib nutq so‘zlagani e’tiborni tortib, ramziy va haqoratli deb baholanishi mumkin.

«Men uning rafiqasi (Yelena Zelenskaya – Tahr.) Melaniya o‘rniga bu stulga murojaat qilganini juda ramziy deb bilaman. U, shubhasiz, uni hech kim deb hisoblamasligini nazarda tutyapti va bu AQSHning birinchi xonimi uchun katta haqorat bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Tramp buni hech qachon kechirmaydi», — dedi ekspert.

Soskin, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp oilaviy an’analarga katta ahamiyat bergani sababli, bunday vaziyat yetakchilarning shaxsiy munosabatlariga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.

«Bu shunchaki sharmandalik! Taklif qilingan uchrashuvda nutq so‘zlash imkoniyati berildi, lekin sen birinchi xonimga nisbatan bunday munosabat ko‘rsatyapsan. Bu juda og‘ir va qattiq holat», — deya xulosa qildi Soskin.

Yelena Zelenskaya bu safarda «Kelajakka birgalikda ko‘maklashamiz» global koalitsiyasining xalqaro hamkorlik tashabbuslari muhokama qilingan sammitida ishtirok etdi va inson huquqlari hamda global hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yelena Zelenskaya Vashingtondagi sammitda "bahs markazi"ga tushdi...