21:10 / 17.12.2019
3 602

“Simob”ning noqonuniy savdosi fosh etildi

“Simob”ning noqonuniy savdosi fosh etildi
Yuqori darajada xavfli hisoblanuvchi simob moddasining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro S.O. tomonidan shisha idishga joylangan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 700 gr “simob” moddasini 6000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Simob”ning noqonuniy savdosi fosh etildi