11:05 / 18.12.2019
2 878

AQSH Davlat departamenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘ini olqishladi

AQSH Davlat departamenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘ini olqishladi
Kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov o‘zining Telegramdagi kanalida Prezident qaroriga muvofiq, tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq norma bekor qilinishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.

Oradan bir kun o‘tib, AQSH Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi Prezidentning ushbu qarorini olqishlab chiqdi.

«AQSH Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi o‘zining tvitterdagi sahifasida Prezidentimizning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilishga qaratilgan topshiriqlarini olqishlab chiqdi:

«Biz O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishlaymiz. Mamlakat prezidenti aytganidek, matbuot — hukumat faoliyatining ko‘zgusi. Demokratiya erkin OAV talab qiladi. Umid qilamizki, yangi qonun xalqaro me’yorlarga mos ravishda hech qanday qo‘rquvsiz izchil va mustaqil axborot berishni kafolatlaydi.

Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi», — deb yozadi Allamjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH Davlat departamenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘ini olqishladi