Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

  • 21 dekabr 2019, 15:34
  • 1 679
  • Jamiyat
  • Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
    Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqda ma’lumot berib o‘tdi.

    2017 yildan boshlab dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olishgan edi.
    Joriy yilgi tartibga ko‘ra, oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi xolos.

    Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
    31 dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
    1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
    2 yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);

    Izoh: 28 dekabr (shanba) hamda 4 yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

    Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
    1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
    2 yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

    Izoh: 30 va 31 dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?