Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan 2025 yilgi kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yana bir unutulmas kunga guvoh bo‘ldi. 12 sentyabr kuni tashkil etilgan chorakfinal va yarimfinal janglarida yurtimiz vakillari muxlislarni quvontiradigan natijalarga erishishdi.
Erkaklar qatorida o‘zbekistonlik besh nafar charmqo‘lqop ustasi final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ular safida Abdumalik Xalokov, Fazliddin Erkinboev, To‘rabek Habibullaev va Jahongir Zokirov bor. Bundan tashqari, Akmaljon Isroilov yarimfinalga yo‘l oldi. Ammo Shodiyor Meliquziyev chorakfinalda kuchli raqobat ostida imkoniyatni boy berdi.
Ayollar bahslarida ham yurtimiz qizlari munosib natijalar ko‘rsatishdi. Navbahor Hamidova o‘zining g‘alabali jangidan keyin finalga chiqdi va terma jamoamizga dastlabki yirik yo‘llanmani taqdim etdi. Sabina Boboqulova esa chorakfinalda Italiya vakilasini yirik hisobda mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi.
Ro‘yxat bo‘yicha natijalar
Ayollar, chorakfinal (12 sentyabr):
-
48 kg: Sabina Boboqulova – Jovanni Marcheze (Italiya) – 5:0
Ayollar, yarimfinal (12 sentyabr, juma):
-
65 kg: Navbahor Hamidova – Nien-Chin Chen (Xitoy Taypeyi) – 3:2
Erkaklar, chorakfinal (12 sentyabr):
-
50 kg: Shodiyorjon Meliquziyev – Susi Makino – 2:3
-
85 kg: Akmaljon Isroilov – Rikardo Fresneda (Ispaniya) – 5:0
Erkaklar, yarimfinal (12 sentyabr, juma):
-
60 kg: Abdumalik Xalokov – Syunsuke Kitamoto (Yaponiya) – 5:0
-
75 kg: Fazliddin Erkinboev – Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) – 4:1
-
90 kg: To‘rabek Habibullaev – Enmanuel Reyes Pla (Ispaniya) – 4:1
-
+90 kg: Jahongir Zokirov – Danabike Bayikevuzi (Xitoy) – 5:0
Shu tariqa, Liverpuldagi ring o‘zbek charmqo‘lqop ustalari uchun zafarli kechdi. Kuchli raqiblarga qarshi qaysarona kurash va g‘alabali natijalar mamlakatimiz sporti tarixi uchun yana bir muhim sahifa bo‘lib qolishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!