11:29 / 23.12.2019
2 682

Hokimlik xodimi saylov mas’ullaridan «chernovik» talab qilgani tasdiqlandi

Hokimlik xodimi saylov mas’ullaridan «chernovik» talab qilgani tasdiqlandi
Foto: Sherzod Ikramutdinov
Xushnudbek Xudoyberdiyevning telegram kanalida Yashnobod tuman hokimligi saylov komissiyasining tegishli saylov okruglari mas’ullari bilan telegramda tuzilgan guruhidagi yozuvlar e’lon qilindi.

Bu masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi tegishli huquq tartibot organlari bilan birgalikda zudlik bilan ishchi guruhini tashkil qilib, Yashnobod tumani hokimligidagi holatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu yozuvlar haqiqatdan ham Yashnobod tuman Kadrlar bo‘limi rahbari Qudrat Husanovga tegishli bo‘lgan va u haqiqatdan saylov okruglari mas’ullarini «chernovik» protokollari bilan aytilgan manzilga yetib kelishlarini talab qilgan.

Ayni paytda «chernovik»lardagi ma’lumotlar hech qanday o‘zgarishsiz «chistovik» protokollarga ko‘chirilishi Yashnobod tuman saylov komissiyasi nazoratiga olingan.

Qudrat Husanov hamda boshqa mas’ullarning ushbu harakati o‘rganilyapti va saylov natijalariga aralashish holati tasdiqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.


- Xullas ko‘pchilik bo‘lib saylov okrugiga bordik. Voqea qahramoni, 27 yoshli Qudrat Xusanov bilan ham suhbatlashdik. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Qolganini videoda batafsil bayon qilganman.

Albatta, umuman olganda biroz ko‘ngilsiz ish bo‘ldi. Ammo voqealar rivojida meni bir narsa xursand qildi.

OAV vakillari tuman saylov okrugiga borishganida yarim tun bo‘lsa ham, kazo-kazo mutasaddilar allaqachon yetib kelishgandi. Va ular jurnalistlarga o‘ta hurmat bilan munosabatda bo‘lishdi. Barcha sharoitni yaratib berishdi. «Yana xizmatlar bormi?» deb so‘rashdi oxirida.

Bunaqa vaziyatda odatda «qaysi biring yozding?», «nega bunaqa ig‘vo yozasan?», «siyosatimizga qarshimisan?», «aqlingni kiritib qo‘yish kerak ekan» degan munosabatga o‘rganib qolgandik.

Hech bir jamiyat xatodan holi emas, ammo eng yaxshi jamiyat xatolarni tan oladi, to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi va keng jamoatchilik oldida hisobdorlikni his qiladi. Mana shunisi o‘ta muhim!

Tezkor munosabat va hamkorlik uchun Markaziy saylov komissiyasi hamda Bosh prokuraturaga minnatdorlik bildiraman
, - deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlik xodimi saylov mas’ullaridan «chernovik» talab qilgani tasdiqlandi