19:13 / 21.01.2020
5 319

Tomskdagi yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklar shaxsi aniqlandi (ro‘yxat)

Tomskdagi yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklar shaxsi aniqlandi (ro‘yxat)
Joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Natijada, ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
3. Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
6. Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
7. Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
9. Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).
Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lgan 10-fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan voqea joyida xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tomskdagi yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklar shaxsi aniqlandi (ro‘yxat)