08:58 / 28.01.2020
3 770

«Hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi (video)

«Hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi (video)
Shu kunlarda «Toshkent» telekanalida «Poytaxt yullarida» ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Ko‘rsatuvning 2019 yil dekabr oyida tasvirga olingan sonini tasvirga olish jarayonida jurnalist va operatori Toshkentdagi Qoratosh va Samarqand darvoza ko‘chalari kesishmasidagi mashinalar harakatiga xalaqit qilib, transportini yo‘l yoqasida to‘xtatgan Malibu haydovchisini payqashgan.

OAV vakillari borgan vaqtda qo‘pol munosabatda bo‘lgan, shuningdek, yolg‘on ma’lumot bergan Crafers korxonasi ishchisi Abror Sh. ishdan bo‘shatildi. Bu haqda korxonaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Crafers reklamasi yopishtirilgan avtomobil haydovchisi OAV vakillaridan kim va nima uchun tasvirga olayotganini so‘ragan. Shuningdek, u shahar hokimidan topshiriq olganini aytgan.

«Bu — reklama. Archaga yaqinroq turishi kerak. Shahar hokimi Jahongir aka Ortiqxo‘jayev buyrug‘i bilan kelganman», deya jurnalistga o‘shqirgan haydovchi.
Birozdan so‘ng u mashinaga o‘tirib, voqea joyidan ketib qolgan.

Crafers kompaniyasi matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berib, haydovchi ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda qonunlar ustuvor va ularga barcha fuqarolar amal qilishi lozim. Shu o‘rinda, yuzaga kelgan tushunmovchilik va noqulayliklar uchun korxonamiz nomidan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi (video)