Xolesterin organizmga sog‘lom hujayralar, ba’zi gormonlar, hujayra membranalari va D vitaminini ishlab chiqarish va boshqa funksiyalar uchun zarurdir. Biroq bu jarayonlarning barchasi uchun cheklangan miqdordagi xolesterin kerak bo‘ladi. U me’yordan ko‘p bo‘lganda esa yurak-qon tomir kasalliklari xavfi oshadi. "Ortodoks" tibbiy portali dori vositalarisiz xolesterinni pasaytirishning oddiy usullari bilan bo‘lishdi.
Sog‘lom parhez
Eng avvalo, taomnomangizni qayta ko‘rib chiqing.
Qaysi mahsulotlarga YO‘Q deyish kerak? Yuqori miqdordagi trans-yog‘larga boy mahsulotlarga. Ular "yaxshi xolesterin"ning pasayishiga olib keladi va shu tariqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Qaysi mahsulotlarga HA deyish kerak? Kletchatkaga boy mahsulotlarga. U "yomon xolesterin"ni yo‘q qilib, organizmga gubka kabi ta’sir qiladi. Bular - mevalar, sabzavotlar va kepakli mahsulotlar. Sog‘lom yog‘larni rad etmang. Siz ularni yong‘oqlar, bodom yog‘i, kunjut va zig‘ir urug‘larida topishingiz mumkin.
"Yomon xolesterin" miqdorini pasaytirishda Omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar ham katta foyda beradi. Ular yog‘li baliqlar (losos, tunes va sardin)da ko‘p bo‘ladi.
Faollik — salomatlik garovi
Hatto oddiy mashqlar ham, masalan, tez yurish xolesterin miqdorini boshqarishga yordam beradi. Jismonan faol kishilarda “yaxshi xolesterin” nofaol hayot tarzini olib boruvchilarga nisbatan taxminan 5 foizga ko‘p bo‘ladi.
Zararli odatlaringizdan voz keching
Agar siz xolesterinni dori vositalarisiz pasaytirishni istasangiz, u holda spirtli ichimliklar iste’molini cheklang. Xolesterin miqdori anomal ravishda ko‘p bo‘lishiga yana bir sabab - chekish. Bu zararli odat “yaxshi xolesterin” darajasining pasayishiga olib keladi va diabet hamda qon bosimining oshishi kabi kasalliklar xavfini oshiradi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, inson chekishni tashlaganida uning "yaxshi xolesterini" ko‘payadi.
Bularning barchasi - sog‘liqni yaxshilashning eng oddiy usullari. Odatlar va turmush tarzini o‘zgartirish nafaqat xolesterin darajasini pasaytirishga, balki umumiy salomatlikni yaxshilashga ham yordam beradi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi