Zo‘r berish stressga olib keladi, stress esa o‘z navbatida sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni tez ketkazish uchun ruhshunoslar maslahatlaridan foydalaning.
Sayr qiling
Hatto sizning 5 daqiqagina bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa ham, sayr qiling. Bu bevosita zo‘riqish manbaidan biroz bo‘lsa-da uzoqlashish va tinchlanish uchun, xolos. Faqat bir necha daqiqaga, xayolni bir joyga to‘plash maqsadida.
Engil adabiyot o‘qing
Agar siz chinakamiga charchagan, ta’bingiz xira yoki bezovta bo‘lsangiz siz uchun eng yaxshi mashg‘ulot — kitob o‘qish. Ayniqsa bu qiziqarli va kayfiyatni ko‘taruvchi asar bo‘lsa yanada yaxshi. Kitob o‘qish sizni bezovta qilayotgan muammolardan chalg‘itadi.
O‘tli choy iching
Agar sizda kuchli stress bo‘lsa, kofein yordam berolmaydi. Bir piyola iliq, tinchlantiruvchi o‘simlik choyi juda yaxshi ta’sir qiladi.
Kulgili ko‘rsatuvlar tomosha qiling
Maza qilib kulsangiz, taranglashgan asablaringiz tezda tinchlanadi. Yana ishga qaytganingizda o‘zingizni biroz xayolingiz bir joyga to‘plangan va tayyorlangandek sezasiz.
Yostiqni mushtlab uring
Agar uyda bo‘lganingizda stress holatini his qilsangiz, yostiqni bir necha marta urish sizga yordam berishi mumkin. Har urganingizda musht orqali stress qanday chiqib ketayotganini tasavvur qiling.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi