07:03 / 22.02.2018
5 970

Qalbim o‘lmasin desangiz…

Qalbim o‘lmasin desangiz…
Imom Navaviy aytadi: “Ko‘p kulishdan tiyilish lozim. Ko‘p kulish Allohning zikridan uzoqlashtiradi, qalbning qattiqlashishiga olib keladi”. Imom G‘azzoliy bunday deydi: “Ko‘p kulgu xavf, mahzunlik, o‘lim va qiyomatni eslash kabi xususiyatlarni qalbdan chiqarib yuboradi. Bu esa qalbning o‘lishidir”.

Hayotiy misollar ko‘p kulish jismoniy o‘limga ham sabab bo‘lishini isbotlamoqda: 1975 yilda kasbi g‘isht teruvchi usta bo‘lgan Aleks Mitchell komediyali shou dasturini ko‘rib, ko‘p kulish oqibatida; 2003 yilda muzqaymoq sotuvchi Damnoyen Sayen tushida beto‘xtov ikki daqiqa davomida kulib, havo yetishmasligi natijasida vafot etdi. Komedik kinoni beto‘xtov kulib tomosha qilgan Ole Bentzenning yurak urishi tezlashib, daqiqasiga 250 martaga yetdi va infarkt bo‘lib o‘ldi. Eramizdan avvalgi III asrda yashagan qadimgi yunon faylasufi Xrisipp eshagiga sharob ichirib, mast hayvonning holidan tinmay kuladi va nafas siqishidan o‘lim topadi.

Stokgolm instituti mutaxassislari 100 nafardan ortiq kishida tajriba o‘tkazishdi va ko‘p kulishning salomatlikka zarar ekanini aniqlashdi. Yurakni toliqtirib, vujudni charchatishini ilmiy tarzda isbotlab berishdi.

Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) “Ko‘p kulma!” dedilar, “umuman kulma” deganlari yo‘q. Chunki kulish tirik jonga xos, tabiiy holat.

Har ishda bo‘lganidek, bu borada ham Payg‘ambar (a.s.) o‘rnaklariga murojaat qilamiz. U zotning kulishdagi xulqlari qanday edi? Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: “Men Rasululloh (s.a.v.)ning og‘izlarini katta ochib, og‘izlarining ichi ko‘rinadigan darajada kulganlarini ko‘rmaganman. U zot (s.a.v.) doimo tabassum qilar edilar” (Buxoriy rivoyati).

Davron Nurmuhammad


Manba: irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qalbim o‘lmasin desangiz…