00:35 / 13.07.2018
5 483

Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi daromadingiz amalga oshirgan ishlaringiz soni va sifati bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, siz ertalabdan belni mahkam boylab ishga sho‘ng‘ishingiz kerak bo‘ladi. Yo‘l-yo‘lakay ishingiz bilan bog‘liq yangi va murakkab loyihalarni hayotga tadbiq etish zarurati tug‘ilsa, cho‘chimang, sizdagi kuch va imkoniyatlar yetarli. Oilaviy hayotingizda ham muammolar qalashib yotganini unutmang. Kechqurun suzish mashqlarini bajarish salomatlik uchun katta foyda keltiradi. Lekin ehtiyot chorasini ham ko‘rib qo‘ying. Suv havzalarida cho‘milayotib o‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

13 iyul kuni barcha ishlarni yig‘ishtirib qo‘yib, chin ko‘ngildan dam olishni ixtiyor qila boshlaysiz. Agar shunday bo‘lib chiqsa, dam olishni ham sog‘lig‘ingizga foyda beradigan tarzda tashkil eting. Quvnoq va sershovqin davralar, spirtli ichimliklar iste’moli bugun salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Oila qurmaganlar o‘ziga anchadan beri tanish inson tarafidan «ta’qib» ostiga olinishi kutiladi. Bu ta’qib juda yoqimli bo‘ladi, ishoning. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Faqat qatiq ichib yoting, tushlaringiz va uyqungiz totli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Professional kasbingiz bilan bog‘liq ish, mavqe va muhabbatda bugun sizga teng keladigani bo‘lmaydi. Xudo beraman desa shu-da, birvarakayiga beradi. Ammo o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Taqdir in’omlarini og‘ir-bosiq va xotirjamlik bilan qabul qiling. Tadbirkorlar kun davomida uzoq muddatli shartnomalarni imzolashi yoki ish bilan bog‘liq uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin. Ertangi kun yanada yorqin va xotirjam kechishini istasangiz-u, birovlardan qarzingiz bo‘lsa, qarzlarni bugunoq to‘lab qo‘yganingiz ma’qul. Kechqurun ayrimlar o‘zga shaharga safar qilishlari kutiladi. Bu safar siz uchun ham foydali, ham qiziqarli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

13 iyul kunning birinchi yarmida ayrim do‘stlarimiz juda ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishlari ehtimoli bor. Agar o‘z vaqtida chorasini ko‘rmasangiz, hatto yaqin do‘stlar ham sizni bu vaziyatdan olib chiqib ketolmasliklari mumkin. Muammoga depressiyaga tushmasdan, aqlni ishlatgan holda yondashing. Moliyaviy muammolar siquvga olmasligi uchun qo‘shimcha daromadli ish topishingizga to‘g‘ri keladi. Bu masalada eski qadrdonlarni ishga soling. Ular sizga albatta yordam qo‘lini cho‘zishadi inshoolloh.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Tafakkurni, kayfiyatni bugun ertalabdanoq jilov ostiga oling. Emotsiyani o‘zingizga bo‘ysundiring-u, ortingizdan g‘iybat toshini otuvchilarga yuzni ters buring. Bugun muhim hujjatlarni rasmiylashtirish, uy yoki mashina ta’miri va salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan amallar muvaffaqiyatli kechadi. Ayollar va qizlarga tashqi ko‘rinishi yoqmayotgan bo‘lsa, go‘zallik salonlariga tashrif buyursalar ham ortiqchalik qilmaydi. Faqat bu sohada ham haqiqiy professional ustalarni tanlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

13 iyul kuni omad va baxt quyoshi shu qadar yorqin nur socha boshlaydiki, ko‘z ochishga qo‘ymasligi mumkin. Bu nafaqat siz, balki yaqin kishilaringiz uchun ham haqiqiy bayramga aylanadi. Faqat juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan kunning ikkinchi yarmida munosabatlar yomonlashuvi kutilmoqda. Bu rashk tufayligina ro‘y beradi. Shuning uchun rashkni o‘zingizdan nari haydab soling. Rashk har doim ham insonga do‘stlik qilavermaydi. Kechqurun albatta kimdir keladi-yu, qo‘lingizga bir dasta pul tutqazadi. Sog‘liqni issiq kunlarda juda ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ancha oldin unutilib ketgan hodisalarni qayta yodga oling. Ana shunda ishingiz ham baroridan kela boshlaydi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kun bo‘yi orzuingizdagi insonni uchratasiz. Maktabdosh do‘stlardan biri bilan juda uzoq yillar ko‘rishmagandingiz. Bugun ko‘rishib qolishingiz ehtimoli sezilmoqda. U siz uchun xayrli bir yordam ko‘rsatishni niyat qilgan. Niyatiga yetsin. Moddiy masalada niyatlaringiz vojib bo‘lishi uchun aniq maqsadni ko‘zlagan holda olg‘a intilishingiz kerak. Shuning o‘zi sizni muvaffaqiyat qasriga olib boradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

13 iyulda boshlamoqchi bo‘lgan har bir ishni oldindan puxta rejalashtirib oling. Rejasiz omadga erishish mushkul kechadi. Bema’ni xabarlar eshitib asablaringiz buzilmasligi uchun bo‘lar-bo‘lmas odamlar bilan suhbat qurib o‘tirmang. Ishga ijodiy yondasha olsangiz, u mayda ish bo‘lishiga qaramay, sizga mo‘may daromad hadya etishi mumkin. Kechqurun tabiat qo‘ynida dam oling. Toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling. Kunduzi quyosh tig‘ida uzoq vaqt qolib ketishdan saqlaning. O‘zingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun moliyaviy manfaat, maqsadlarni bir chetga surib xotirjamlik sari intiling. Oiladagi yaqinlaringiz bilan janjallashgan bo‘lsangiz, yarashish tadorigini ko‘ring. Bu narsalarni pul muhayyo etib bera olmaydi. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida katta pul tikiladigan shartnomaga imzo qo‘yishlari mumkin. Kechqurun ayrimlar safarga otlanishlari kutiladi. Bu safar bahonasida havo almashtirasiz. Demak, salomatlik ham ma’lum ma’noda mustahkamlanadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

13 iyul kuni tog‘ echkisi burji ostida tavallud topganlar tog‘ni ursa tolqon qila olish darajasidagi kuch va imkoniyatga ega bo‘lishadi. Hamma ish sizga itoat etgan holda silliq hal bo‘la boshlaydi. Salomatlikni yanada yaxshilash niyatingiz bo‘lsa, zararli odatlarni tashlashga harakat qiling. Buni uddalay olasiz. Ba’zilar angina yoki shamollashga duch kelishlari mumkin. Bu muammoni xalqona usulda hal etishga urinmang. Yo‘talgan, aksa urayotganlar bilan iloji boricha yaqin munosabatda bo‘lmay turing.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz romantikaga boy bo‘lishi kutilmoqda. Oila qurmaganlar kimnidir yoqtirib qolishadi-yu, barcha ko‘ngilsizlik, muammolarni unutishadi. Ular kechga qadar romantika quchog‘ida qolib ketishadi. Qolganlar esa ish bajarishda boy hayotiy tajribaga suyanishlari zarur bo‘ladi. Bugun ro‘zg‘ordagi va moliyaviy muammolar siz uchun birinchi o‘rinda turishi kerak. Qarindoshlar bilan munosabatlarda samimiylikka e’tibor bering. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

13 iyul kuni moddiy jihatdan ham, shaxsiy hayotda ham o‘zingizni erkin tutishga harakat qiling. Hech narsani o‘ylamang, qayg‘urmang. Nimaiki ish bo‘lsa, xudoning bergan vaqt-soatida hal bo‘laveradi. Ishxonada yumushlarni hamkasblar bilan ko‘pchilik bo‘lgan holda bajaring. Shunda bu yumush o‘zingiz istagan daromadni hadya etadi. Varikoz va bosh og‘rig‘idan tez-tez azob chekuvchilar profilaktik amallarni to‘xtatmasliklari talab qilinadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?